Bosh sahifa Biz haqimizda Xizmatlar Texnika Mahsulotlar Laboratoriya Bajarilgan ishlar Aloqa
Hero Logo
Professional beton ishlari

OQQUSH BETON

O'zbekistondagi eng ishonchli beton quyish kompaniyasi

BIZ HAQIMIZDA

Oqqush Beton - bu yillar davomida shakllangan ishonch, tajriba va sifatga sodiqlik tamoyillariga asoslangan zamonaviy qurilish kompaniyasi.

Bizning faoliyatimiz faqat beton ishlab chiqarish bilangina cheklanmaydi. Kompaniya sheben mahsulotlari, tayyor beton qorishmalar, turli o'lchamdagi beton plitalar va og'ir texnika xizmatlarini o'z ichiga olgan kompleks yechimlarni taklif etadi.

Biz har bir loyihada sifat, ishonchlilik va texnologik aniqlik prinsiplari asosida ishlaymiz. Ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy uskunalar va qat'iy laboratoriya nazorati ostida olib boriladi. Shu bois Oqqush Beton mahsulotlari mustahkamligi, ekologik tozaligi va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi.

Kompaniyamiz ishlab chiqarish quvvatlari va og'ir texnika parki orqali yirik hajmdagi buyurtmalarni qisqa muddatda, sifatni pasaytirmasdan bajaradi. Avtobeton aralashtirgichlar, ekskavatorlar, yuk ko'taruvchi texnikalar va boshqa texnika vositalarimiz materiallarni obyektlarga o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlaydi.

Biz uchun har bir buyurtma - bu mas'uliyat, har bir mijoz esa - uzoq muddatli hamkor. Shu sababli Oqqush Beton bugun nafaqat qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, balki har bir loyihaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shuvchi ishonchli hamkor sifatida tanilgan.

500+
Loyihalar
12
Yillik tajriba
100%
Kafolat

XIZMATLAR

Bizdagi
mavjud
xizmatlar

Oqqush Beton sizga qurilishning barcha bosqichlari uchun bir martalik, ishonchli va sifatli yechimlarni taklif etadi.

  • - Sheben va maydalangan tosh mahsulotlarining turli fraksiyalari - doimiy sifat va o'z vaqtida yetkazib berish.
  • - Tayyor beton qorishmalari - loyihadagi yuklamalarga mos, standartlarga javob beruvchi kompozitsiyalar.
  • - Beton plitalar va tayyor elementlar - o'lchamlarda aniq, mustahkam va uzoq xizmat muddatiga mo'ljallangan.
  • - Og'ir texnika xizmati - ekskavator, yuk ko'taruvchi texnika, mikser va transport bilan kompleks ta'minot.
  • - Yetkazib berish va texnik qo'llab-quvvatlash - joyida maslahat, sifat nazorati va tezkor yetkazib berish.

TEXNIKA

Zamonaviy texnikalar - tez, aniq va samarali qurilish jarayoni Oqqush Beton texnikalari - bu qurilish jarayonining har bir bosqichini tez, sifatli va uzluksiz amalga oshirish imkonini beruvchi kompleks yechimdir.

Bizning arsenalimizda:

  • Avtobeton aralashtirgichlar
  • Beton nasoslar
  • Ekskavatorlar
  • Samasvallar

MAXSUS
TEXNIKALAR

MAXSULOTLAR

Inert materiallar va yuqori sifatli beton mahsulotlari to'plami

TAYYOR
BETON
ARALASHMA

Biz ishlab chiqaradigan beton aralashmalar GOST standartlari asosida tayyorlanadi. Tarkibida inert materiallar yuvilgan pesok, tosh sheben va mavsumiy kimyoviy qo'shimchalar bilan boyitilgan.

Shartli belgilar:

M100 - MARKA (ROSSIYA)
B5 - GOST 7473
C4/5 - EN206 (YEVROPA)
M100

M100 | B5 | C4/5

Qo'llanishi:

Tayyorlov ishlari, asos osti qatlamlari

Afzalligi:

Iqtisodiy va minimal yuklama uchun optimal

M150

M150 | B10 | C8/10

Qo'llanishi:

Pol quyish, trotuarlar

Afzalligi:

Mustahkamlik va narx balansida optimal

M200

M200 | B15 | C12/15

Qo'llanishi:

Poydevor, devorlar, ustunlar

Afzalligi:

Yuqori ishonchlilik va universal qo'llanish

M250

M250 | B20 | C16/20

Qo'llanishi:

Ko'p qavatli obyektlar

Afzalligi:

Mustahkamlik va uzoq xizmat muddati

YUQORI MUSTAHKAMLIKDAGI
MAXSUS BETONLAR

M300

M300 | B22,5 | C18/22

Qo'llanishi:

Ko'p qavatli obyektlar, regel va kolonnalar

Afzalligi:

Mustahkamlik va uzoq xizmat muddati yemirilishga chidamli

M350

M350 | B25 | C20/25

Qo'llanishi:

Zavodlar, yo'l qurilishi

Afzalligi:

Yuqori zichlik va deformatsiyaga chidamli

M400

M400 | B30 | C25/30

Qo'llanishi:

Ko'priklar

Afzalligi:

Ekstremal yuklamalarga bardoshli

M450

M450 | B35 | C28/35

Qo'llanishi:

Ko'priklar, maxsus obyektlar

Afzalligi:

Ekstremal yuklamalarga bardoshli

M550

M550 | B40 | C32/40

Qo'llanishi:

Suv omborlar, suv inshootlari

Afzalligi:

Yemirilishga chidamli, suv o'tkazmas yuqori bosimga chidamli

Beton Plitalar

BETON
PLITALAR

Oqqush Beton tomonidan ishlab chiqariladigan beton plitalar - yuqori yuklama va uzoq muddatli ekspluatatsiya uchun mo'ljallangan tayyor konstruktiv elementlardir.

Mahsulotlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilib, har bir partiya mustahkamlik va zichlik ko'rsatkichlari bo'yicha nazoratdan o'tkaziladi.

12 mm armatura asosida:

O'lchamlari

Eni: 1m va 1,2m
Uzunligi: 1,8m-5,9m

Yuk ko'tarish qobiliyati

600-900 kg/m²

14 mm armatura asosida:

O'lchamlari

Eni: 1m va 1,2m
Uzunligi: 1,8m-5,9m

Yuk ko'tarish qobiliyati

900-1300 kg/m²

G'isht

G'ISHT
MAXSULOTI

Binolarni qurishda devor, to'siq va yuk ko'taruvchi konstruksiyalar uchun mo'ljallangan asosiy qurilish materiali. Yuqori mustahkamlik, issiqlikni ushlab turish va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi.

O'lchami: 25x12x6,5 sm

Hom g'isht

Arzon va iqtisodiy. Tabiiy mikroklim yaratadi.

Mavjud

Pishiq g'isht

Maxsus pechlarda yuqori haroratda pishirilgan. Ekologik xavfsiz material. Mustahkam va bardoshli.

Mavjud

LABORATORIYA

Laboratoriyamizda zamonaviy texnologiyalar va dunyo standartlariga mos tartibda tajriba va sinov ishlari olib boriladi. Sifat doimiy ravishda qat'iy nazorati qilib boriladi.

01

Normal qotish kamerasi

Olingan namunalarni 20°C (±5°) haroratda 95% namlikda 28 sutka davomida saqlanadi.

02

Laboratoriya elagi (Sita)

Beton zavodga keladigan inert mahsulotni fraksiyalarga ajratib doimiy ravishda sifat nazorati olib boriladi.

03

Gidravlik press

Olingan namunalarni GOST 10180 - 2012 bo'yicha 3; 7 va 28 sutkalik parvarishdan so'ng pres orqali sinovdan o'tkaziladi.

04

Abrams konusi

Tayyorlangan betondan namuna olib GOST 7473 bo'yicha uning oquvchanlik holati aniqlanadi (P1, P2, P3, P4 va P5).

BAJARILGAN ISHLAR